Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-февраль 2025, 18:03
 Bosh sahifa  Mobile versiya

KITOBXONLIK FESTIVALI” SAMARQANDDA

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, respublika bo‘ylab yil davomida har oyning yakunida viloyatlar ketma-ketligida tashkil etiladigan 2023-yilgi "Kitobxonlik festivali" ga start berilganligini e'lon qilgan edi. 
Joriy yilning 23 may kuni navbatdagi "Kitobxonlik festivali" Samarqand viloyatida bo‘lib, festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

✅“Kitobxonlar bellashuvi”
✅“Eng  faol kitobxon oʻquvchi”
✅“Ijodkor bolalar”
✅“Eng kitobxon oila”
✅“Eng faol kutubxonachi”

🛍🎁Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar va festival ramzlari tushirilgan esdalik sovgʻalari topshiriladi.



➡️ Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati