Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda
Uchtepa tumani MMTB bo'limi tomonidan joriy yilning
14- sentabr kuni, tizimda olib borilayotgan islohotlarga joylardagi keng jamoatchilikning munosabatini o'rganish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini joyida hal qilish maqsadida tumandagi
129- umumtaʼlim maktabi binosida soat 16:00 da "Sayyor qabul" o'tkazish rejalashtirilgan. Mazkur “Sayyor qabul”da Sizning har qanday ariza (qonuniy huquq, erkinlik va manfaatlar), taklif (davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar), shikoyat (buzilgan qonuniy huquqlar, erkinliklar va manfaatlar)ingiz ko'rib chiqiladi. Siz ushbu qabul davomida o'zingizni qiynayotgan xalq ta'limi sohasidagi muammolar, taklif va mulohazalaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.