Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-февраль 2025, 18:03
 Bosh sahifa  Mobile versiya

DIQQAT TANLOV!!!

 Ta'lim islohoti — taqdirimiz mezoni

1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi deputati J.Ismanov tashabbusi bilan  O‘zLiDeP guruhi hamda Maktab va maktabgacha ta'limi bo‘limi hamkorligida tanlov e'lon qiladi.

Tanlovda Uchtepa tuman umumta'lim maktablari o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari oddiy:
*Siz mamlakatimizda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni 1 daqiqalik videoroligingizda namoyon etishingiz zarur.
*Videoroliklar mazmuni va sifatiga e'tibor beriladi.

Tayyor videoroliklarni 25 sentyabr kuniga qadar  @turaevtura telegram manzili orqali yoki tuman hokimligining 4-qavatida joylashgan Matbuot xizmatiga fleshka yordamida yetkazishingiz mumkin.

Sovrinlar:
1-o‘rin uchun 3 mln. so‘m pul mukofoti
2-o‘rin uchun 2 mln. so‘m pul mukofoti
3-o‘rin uchun 1 mln. so‘m pul mukofoti beriladi.

G‘oliblarni aniqlash bo‘yicha qabul qilingan qaror yuzasidan hech qanday sharh berilmaydi.

Pulli mukofotlar bayram arafasida o‘z egalariga topshiriladi va eng sara roliklar tuman hokimligining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali e'lon qilinadi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun tel: 977521969