Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-февраль 2025, 18:03
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Bugun maktabimizda "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi


Joriy yilning 26-fevral kuni Uchtepa tumanidagi 295-maktabda Prezident sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.

📊 Tanlovda 23  ta maktab ro‘yxatdan o'tib, 115 nafar o'quvchi ishtirok etdi 

1-bosqichda maktablar 100 ballik tizim bo‘yicha baholandi: test topshiriqlari uchun — 50 ball, asosiy ko‘rsatkichlar uchun — 50 ball. 

➡️ Maktab jamoasining har bir a’zosi sinovlar jarayonida individual baholanib, ishtirokchilarning natijalari umumlashtirildi va asosiy ko‘rsatkichlarga qo‘yilgan ballar qo‘shilgan holda maktabning umumiy natijasi chiqarildi.

Umumiy natijaga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 74, 123,283-maktablar 1-,2- va 3-o‘rinlarni egallab g‘olib deb topildi.
 
🏆 Tanlov gʻoliblari quyidagi miqdorlarda Prezident sovrini bilan mukofotlanadi:

➖  1-oʻrin – 100 million soʻm;
➖  2-oʻrin – 75 million soʻm;
➖  3-oʻrin – 50 million soʻm.

👉 Tuman (shahar) bosqichida eng yuqori natija qayd etgan maktablar viloyat bosqichiga yo'llanma olishdi.