Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-февраль 2025, 18:03
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetida “O'z kasbining fidoyilari” ilmiy-amaliy ko'rik-tanlovi o'tkazildi

Unda xalqaro  e’tirofga  erishish,  ta’lim  jarayonini  yangi  sifat  bosqichiga  ko‘tarish  uchun  pedagog-o‘qituvchilar,  ta’limning  turli  yo‘nalishlarida  tahsil  oluvchilar  “Zamonaviy  ta’lim  tizimini  rivojlantirish,  oliy  ta’lim  muassasalarida  yosh  kadrlarni  sifatli  inklyuzif  o‘qitishni  rivojlantirish  va  unga  qo‘yiladigan  talablar,  kreativ  g‘oyalar,  takliflar  hamda  yechimlar”  mavzusida ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdi. 
Quvonarlisi, "Best Publication" - ilmiy tadqiqotlar markazining buyrug'iga asosan Uchtepa tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi mutaxassisi Xurshidabonu Ostonova  esdalik nishoni hamda qimmatbaho sovg'a bilan taqdirlandi.



Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati