Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-февраль 2025, 18:03
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Aziz o‘g‘il-qizlar, qadrli bitiruvchilar!

Aziz o‘g‘il-qizlar, qadrli bitiruvchilar! Har yili maktablarda 25 may “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari jarang sochadi. Bu kun bilimga chanqoq, beg‘ubor orzular qanotidagi yoshlar va mehridaryo ustozlar, farzandlari kamolini  ko‘rib quvonayotgan ota-onalar va nabiralariga oq yo‘l tilab, duo qilayotgan otaxon-u onaxonlarimiz uchun chin ma'nodagi bayramdir! Bu yil tumanimiz bo‘yicha 3290 nafar o‘quvchi yoshlarimiz maktabni bitirib katta hayot sari qadam qo‘ymoqdalar. Ularning xar birini o‘zlarining katta xayot yo‘llarida amalga oshiridigan rejalari, maqsadlari bor. Shu fursatdan foydalanib, tumanimizning barcha bitiruvchilarini “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami bilan, chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Aziz ukajonlar,  singiljonlar, biz  ishonamizki, maqsadlari ulkan va ezgu bo‘lgan O‘zbekiston farzandlari hech qanday qiyinchilik qarshisida yengilmaydi. Aksincha faqat olg‘a intilishda davom yetadi. 

Ayyomingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz bitiruvchilar!



Uchtepa tuman hokimi
Farxod Abdullayev