Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-февраль 2025, 18:03
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi vazifalar" mavzusidagi o'quv-seminari o'tkazildi

Bugun poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 312-sonli umumta'lim maktabida tumandagi  barcha umumta'lim maktabi direktorlari, direktorning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari, amaliyotchi psixologlar  ishtirokida "Umumta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli  muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi vazifalar" mavzusidagi  o'quv-seminari o'tkazildi. Tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi, tuman IIOFMB xodimlari, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashi tuman bo'linmasi hamkorligida o'tkazilgan ushbu seminarda o'quvchi-yoshlar o'rtasida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan istiqboldagi rejalar belgilab olindi. Seminarda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Nilufar husanboyeva qatnashdi va so'zga chiqdi.