Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan o'quv dasturi va darsliklarni zamon talabiga moslashtirish va takomillashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan:
ilg‘or xorijiy tajribalar asosida boshlang‘ich sinflar uchun 775 nomda yaratilgan yangi avlod darslik majmualari 72 mln nusxada chop etilmoqda.
Mazkur darsliklar "4K" modeliga asoslangan innovatsion yondashuvni taqdim etadi.
Shuningdek, xalqaro tan olingan nashriyotlarning darslik va o‘quv metodik majmualari mahalliylashtirilib, chop etilmoqda.
Xususan:
✔️ ingliz tili (Kembrij universiteti nashriyoti, 13 nomda, 7,4 mln nusxa),
✔️ fransuz tili (Fransiyaning Didier FLE nashriyoti, 22 nomda 325,2 ming nusxa),
✔️ nemis tili (Germaniyaning Klett nashriyoti, 11 nomda 231,5 ming nusxa),
✔️ informatika va axborot texnologiyalari (Kembrij universiteti nashriyoti, 70 nomda, 5,1 mln nusxa) fanlardan darsliklari va mashq daftarlari mahalliylashtirilib, chop etildi.
Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-11-sinflari uchun Kembrijning fizika va biologiya fani dastur va darsliklari mahalliylashtirilib, nashrga tayyorlanmoqda.