Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-февраль 2025, 18:03
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2023 yil ikkinchi mavsumini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Bugun tuman madaniyat zalida Uchtepa tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, hamda sport maktablari mutasaddilar ishtirokida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2023 yil ikkinchi mavsumini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Olimpiadaning ushbu mavsumi joriy yil sentabr-dekabr oylarida tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib yoshlar bevosita mazkur olimpiada doirasida san’at- madaniyat, sport, kitobxonlik va intellektual o‘yin va tanlovlarda ishtirok etishlari mumkin.
Maktab o‘quvchilari uchun sportning mini futbol, voleybol, shaxmat, shashka, stol tennis, quvnoq startlar turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish, ularning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida "Zakovat" intellektual o‘yinlari tashkil etish rejalashtirildi.