Tuman hokimligi, tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘limi, tuman Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi hamkorligida 228-sonli umumta’lim maktabida maktablardagi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun maktablarda faol, tashabbuskor, liderlik qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘quvchilar orasidan "Sardorlar saylovini" namunali o‘tkazish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminar davomida "Sardorlar saylovini" tashkil etish, o‘quvchilarni Kamalak hamda Yoshlar ittifoqi atrofida birlashtirish bo‘yicha Respublika Yoshlar ittifoqi vakillari tomonidan metodik ko‘rsatmalar berildi.
Seminardan so‘ng 33 ta umumta’lim maktablariga "Sardorlar sayloviga" o‘tkazishga start berildi!