Maktabda yo'lga qo‘yilgan yangi tizimni o‘rganish maqsadida MMTB boshlig'i tashabbusi bilan o‘quv seminari tashkil etildi. O'quvchilarni qiziqishidan kelib chiqib ikkinchi xorijiy til sifatida fransuz tili va tikuvchilik, oshpazlik tanlab olinib, o‘quvchilar ustozlardan kasb- hunar sirlarini o‘rganmoqda. Seminarda har bir maktabda mana shunday kasb-hunar kurslari tashkil etish, bu kurslarda maktab sharoiti va ehtiyojdan kelib chiqib, kasb-hunar o‘rgatishni yo'lga qo‘yishga kelishib olishdi.

