Uchtepa tumani maktabgacha va maktab ta'limi tizimida “Besh tashabbus olimpiadasi” ning "Quvnoq startlar" musobaqasining tuman bosqichi 238-maktabda uyushqoqlik bilan tashkil qilindi.
Unda tumandagi 32 ta maktabdan 7-10 yoshli o‘quvchilar turli shartlar asosida bellashishdi .
Natijada 238-maktab o‘quvchilari 1-o‘rin;
295-maktab o‘quvchilari 2-o‘rin;
229-maktab o‘qituvchilar 3-o‘rinni egalladilar.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.