2024 yilning 22 yanvar kuni soat 11:00 da Uchtepa tumanidagi 193-umumta’lim maktabida "Yangi O‘zbekiston – yoshlarimiz va kelgusi avlodlarimiz baxtu iqbolidir!" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etilmoqda.
Bahs-munozara shaklida bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbirga tumanimizdagi mavjud umumta’lim maktablari direktorlari, faol o‘quvchilar, ma’naviyatchilar va ota-onalar taklif etiladi.
Tadbir davomida O‘zbekiston respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, jadidlar merosini chuqur o‘rganish, Yoshlarning biznes tashabbuslari, shartaklari, g‘oyalari va loyihalarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari borasida fikr mulohazalar yuritiladi.
Shu bois, uchtepalik o‘quvchi yoshlarni yangi biznes tashabbuslari, shartaplari, g‘oyalari va loyihalari bilan kutib qolamiz.