
Uchtepa tumanidagi 295-sonli umumta'lim maktabida "Farzandlarimiz kelajagiga befarq bo'lmaylik!" nomli aksiyasi doirasida o‘quvchilarni kasb tanlashga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida tadbir tashkil etildi.
Bugun maktabning 9-11- sinf bitiruvchilari bilan O'zbekiston Savdo-Sanoat Palatasi xodimlari hamda USAT Fan va texnologiyalar Universiteti qoshida tashkil qilingan Jango akademiyasi xodimlari va Toshkent shahar Uchtepa Infin bank xodimlari bilan davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kasb egalari bitiruvchi yoshlarga turli kasblarining mas'uliyati, sir asrorlari haqida ma'lumot berishdi.O‘quvchilar o‘zlari qiziqqan savollarga javob olishdi.Faol qatnashgan o‘quvchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Uchtepa tumani 295-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi