Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-февраль 2025, 18:03
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi” mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi

Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 14-sonli umumta'lim maktabida “Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi” mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.
Unda tumandagi barcha umumta'lim maktablari direktorlari ishtirok etdi.
Seminarda tumandagi 109-sonli umumta'lim maktabi direktori Gulchiroy Imomaliyeva tomonidan mahorat darslari o'tkazildi. Amaliy mashg'ulotlarda barcha ishtirokchilar faol qatnashdilar. Mashg'ulotlarni Zoom platformasi orqali o'qituvchilar kuzatib borishdi.