Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi tomonidan Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 30-avgust kuni Uchtepa tumanidagi 295-sonli maktabda Uchtepa, Olmazor, Yashnaobod hamda Shayxontohur tumanlarida faoliyat olib borayotgan maktab psixologlari uchun oʻquv-seminar tashkil etildi.
O‘quv-seminar davomida:
➖“2024-2025 oʻquv yili uchun taqdim etilgan ish rejaning oʻtkazilish tartibi boʻyicha koʻrsatma”;
➖“Voyaga yetmaganlar oʻrtasida delikvent xulq-atvor va profilaktikasi”;
➖“Agressiv xulq-atvor va uning profilaktikasi”;
➖“Voyaga yetmaganlarda autodestruktiv (oʻz-oʻziga zarar yetkazuvchi) xulq-atvor profilaktikasi”;
➖“Voyaga yetmaganlar oʻrtasida addiktiv xulq-atvor va profilaktikasi” mavzularida trening mashgʻulotlari oʻtkazildi.