Avvalo, sizlarni va sizlar orqali tumanimizning barcha o’qituvchi hamda murabbiylarini bugungi "O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan chin qalbimdan tabriklayman! Ibrat namunasi bo‘lgan siz, aziz va mo‘tabar zotlar sha’niga eng go‘zal so‘zlar, eng ezgu tilaklarimni izhor etaman. Bugun Uchtepa tumanida 33 ta umumta’lim maktabi, 2 ta o‘rta maxsus bilim yurti, 1 ta oliy ta’lim muassasasi, 2 ta bolalar va o‘smirlar sport maktabi, 2 ta madaniyat markazi va 3 ta bolalar musiqa va san’at maktablari mavjud bo‘lib, ularda 5606 nafar pedagog xodimlar vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida har tomonlama sog‘lom va barkamol qilib voyaga yetkazish yo‘lida fidokorona xizmat qilib kelmoqda. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.
Uchtepa tuman hokimi
Bunyod Mamadjanov