Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 18-февраль 2025, 22:40
 Bosh sahifa  Mobile versiya

7 - sinflarga Tarix fanidan nazorat ishi testlari

1. Saklar asos solgan davlat(Qang’)dan birinchi bo’lib qaysi davlat ajralib chiqqan? 
A) Davan   
B) Kushon  
C) Xorazm   
D) Eftaliylar
2. Turk xoqonligida o’n ming suvoriyga ega bo’lgan tumanboshi qanday nomlanadi?
A) Budun    
B) Yabg’u  
C) Shod   
D) xoqon
3. Qaysi din jon va ruxlarga ota-bobolarning ruxlariga sig’inish e’tiqodini tarbiyalagan?
A) Buddaviylik   
B) Tangrichilik   
C) Shomonlik    
D) Xristianlik
4. Ilk o’rta asrlarda qaysi viloyat Tegenlar sulolasi tomonidan boshqarilgan?
A) Ustrushona       
B) Farg’ona    
C) Choch   
D) Toxariston
5. G’arbiy Turk xoqonligini 618-630 yillarda boshqargan hukmdorni aniqlang?
A) Bumin      
B) To’ng Yabg’u       
C) Sheri Kishvar     
D) Abruy
6. Turon atamasi dastlab qaysi asarda tilga olingan?
A)’ ’Buxoro tarixi’’      
B) ‘’Hindiston’’     
C) Avesto    
D) Devoni lugot at-turk.
7. Tosh va yog’ochga o’yib yozish nihoyatda qulay bo’lgan yozuv qaysi?
A) Sug’diy     
B) Turkiy run    
C) Xorazmiy    
D) Eftaliy
8. Qaysi xalifa davrida  Arabiston yarimoroli aholisi Islomni to’liq qabul qilganlar?
A) Umar       
B) Usmon     
C) Abu Bakr   
D) Ali
9. Qaysi xalifa davrida soliq o’lpon tizimi joriy etilib, davlat xizmatiga kiritilgan barcha xizmatchilarga maosh to’lash joriy etilgan?
A) Ali       
B) Usmon    
C) Umar   
D) Abu Bakr
10. Umaviylar davrida poytaxt qaysi shahar bo’lgan?
A) Suriya     
B) Damashq    
C) Xalab     
D) Yaman
11. Saljuqiy Turklar qachon Bag’dodni egallab, xalifani dunyoviy vazifalaridan chetlatgan?
A) 1074-y      
B) 1155-y    
C) 1055-y    
D) 1085-y
12. Qaysi xalifa davrida Qur’oni Karim matni to’liq holda to’planib, bir butun kitob holiga keltiriladi?
A) Usmon    
B) Umar      
C) Abu Bakr    
D) Ali
13. Mo’g’ul xoni Huloku 1258-yil Bag’dodni egallagandan keyin qanday tarixiy voqea ro’y bergan?
A) Abbosiylar hokimyat teppasiga kelgan.     
B) Xuroson mustaqillikka erishgan.
C) Arab xalifaligi barham topgan.
D) Umaviylar hukmronligi tugatilgan.
14. Choryorlar kimlar?
A) To’rt xalifa      
B) Xalifai roshidinlar       
C) Turklar    
D) Arablar
15. Saljuqiylarning eng yuksalgan davri qaysi hukmdor davriga to’g’ri keladi?
A) To’g’rulbek     
B) Sulton Malikshox   
C) Saljuqbek
D) Elarslon
16. Xalifa Usmonning hukmronlik yillarini to’g’ri ko’rsating?
A) 644-654-y     
B) 644-656-y   
C) 656-661-y   
D) 634-644-y
17. Saljuqiylar davri davlat boshqaruviga iod tarixiy asarni ko’rsating?
A) Jahonnoma      
B) Siyosatnoma     
C) Buxoro tarixi   
D) Saljuqiylar tarixi
18. Yevropada Vizantiya aholisi o’zlarini kim deb atashgan?
A) Yunonlar      
B) Rimliklar     
C) Romeylar    
D) Germanlar
19. IX asr boshlarida anglosaks davlatlari qanday nom bilan birlashtirilgan?
A) Germaniya      
B) Angliya    
C) Saksoniya    
D) Uesseks
20. Markgraflar kimlar?
A) Chegara viloyat hokimi    
B) Hokim yordamchilari    
C) Raislar    
D) Qoshin qomondonlari.