Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 18-февраль 2025, 22:40
 Bosh sahifa  Mobile versiya

6 - sinflarga Musiqa fanidan IV- chorak uchun nazorat ishi testlari

I-variant
1. Kompozitor Volfgang Amadey Mosart qachon tug’ilgan ?     
A) 1785-1795;       
B) 1756-1791;      
D) 1755-1792.    
2. Lyudvig Vang Betxovenning operasini belgilang?
A) Fidelio;  
B) Sehrli nay; 
D) Karmen 
3. Kamarinskaya qaysi bastakorning asari?
A) Mixail Glinka; 
B) Volfgang Mosart;  
D) Lyudvig Betxoven
4. Opera nechanchi asrda va qayerda yaratilgan?     
A) XVI asrda Italiyada; 
B) XVIII asrda Fransiyada; 
D) XV asrda Germaniyada.
5. Elizaga kuyi kimning qalamiga mansub?
A) V.A.Mosart;  
B) M.Glinka;
D) L.V.Betxoven
6. Simfoniya necha qismdan iborat?
A) 1;   
B) 5;   
D) 4.
7. Sen ohusan men jayron… qaysi qo’shiq so’zlari?
A) Kim epchilu kim chaqqon; 
B) Bahor sog’inchi; 
D) Diyorim.
8. Mixail Ivanovich Glinka qaysi millat bastakori?
A) O’zbek; 
B) Nemis;   
D) Rus.
9. Mashur Polshalik pianinochi va kompozitor?
A) Betxoven;  
B) Mosart;  
D) Shopen.
10. Kompozitor Volfgang Amadey Mosartning vatani qayer?
A) Fransiya;        
B) Xitoy;      
D) Avstriya.                    
 
 
 II-variant
1. Kompozitor Mixail Ivanovich Glinka  qachon tug’ilgan ?     
A) 1817;        
B) 1822;      
D) 1804.    
2. Diyorim qo’shig’ining bastakori kim?
A) Nadim Norxo’jayev;  
B) Shermat Yormatov; 
D) Avaz Mansurov 
3. Mazurka qaysi kompozitorning asari?
A) Mixail Glinka;  
B) Volfgang Mosart;  
D) Friderik Shopen
4. Simfoniya so’zining ma’nosi?     
A) raqs tushaman, o’ynayman; 
B) Ohangdoshlik; 
D) Xoreografiya.
5. Kim epchilu kim chaqqon qo’shig’ining bastakori kim?
A) Avaz Mansurov;  
B) Nadim Norxo’jayev;  
D) Shermat Yormatov 
6. Volfgang Amadey Mosartning operasini belgilang ?
A) Karmen;   
B) Fidelio;   
D) Sehrli fleyta
7. Tong uyg’onar qo’yningda yayrab… qaysi qo’shiq so’zlari?
A) Kim epchilu kim chaqqon; 
B) Bahor sog’inchi; 
D) Diyorim.
8. Friderik Shopen qaysi millat bastakori?
A) Fransuz; 
B) Polyak;   
D) Yapon.
9. Klassitsizm musiqaga qachon kirib kelgan?
A) XVI;  
B) XVII;  
D) XVIII.
10. 40-simfoniya qaysi bastakor asari?
A) Mixail Glinka;   
B) Volfgang Mosart;  
D) Friderik Shopen.