Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-февраль 2025, 18:03
 Bosh sahifa  Mobile versiya

4 - sinflarga Texnologiya fanidan nazorat ishi testlari

1-variant
1. Dizayner  kim?
a) Narsa va obyektni bezash, ularga rasm chizish, tasvir tushurish bilan shug`ullanuvchi shaxs
b) Loydan  xilma-xil uy-ro`zg`or  buyumlari, idish-tovoq yasovchi usta
c) Qog`ozga rasm chizuvchi shaxs
d) To’g’ri javob yo’q
2. Katamarin  nima?
a) Yelkanlarni  tortish   uchun  ishlatiladigan  baland   ustun
b) Osmonda  uchish  uchun mo'ljallangan moslama   
c) Paluba bilan birlashgan ikki korpusli kema
d) To’g’ri javob yo’q
3. Qog`ozni parchalab yopishtirish yo`li bilan narsa-buyumlar yasash usuli bu - . . . 
a) Kvilling        
b) Papye-mashe   
c) To’g’ri javob yo’q   
d) Origami
4. Material  bu - …
a) Maxsus qalin qog`oz
b) Biror maqsad uchun kerakli xomashyo, modda 
c) Plastmassaning yengil ko`piksimon turi  
d) Barcha javoblar to’g’ri                                                                                   
5. O`lchov asbobi vositasida narsaning uzunligi, o`lchamini belgilash–bu … deyiladi
a) Birlashtirmoq     
b) Qirqmoq   
c) O`lchamoq  
d) Chizmoq


2-variant
1. Qizil yelkanli  kema yasash uchun nima kerak bo`ladi?
a) Somon bo`laklari, yelim, karton
b) Penoplast, qizil qog`oz, machta uchun dumaloq uzun cho`p, tishkovlagich
c) Ikkita yog`och tayoqcha, yelim, qisqich
d) To’g’ri javob yo’q
2. Karton nima?
a) Maxsus ishlangan qalin va qattiq qog`oz
b) Rangli yumshoq qog`oz
c) Daftar varag`i, albom varag`i
d) Barcha javoblar to’g’ri
3. Plastmassaning yengil ko`piksimon turi bu - . . . 
a) Penoplast      
b) Yog`och       
c) Karton  
d) Rangli qog’oz
4. Uchuvchi modelini yasash uchun nimalar kerak bo`ladi?
a) Ikkita yog`och tayoqcha, bo`yoq, qisqich, magnit
b) Penoplast, qizil qog`oz, tishkovlagich
c) Karton, yelim, rangli qog`oz
d) Qaychi, oq qozg’oz va yelim
5. Kulol  kim?
a) Loydan xilma-xil uy-ro`zg`or buyumlari, idish-tovoq yasovchi usta 
b) Narsa va obyektni bezash, ularga rasm chizish, tasvir tushurish bilan shug`ullanuvchi shaxs
c) Qog`ozga rasm chizuvchi shaxs
d) Kulolchilik buyumlarini sotadigan shaxs